Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maoshining 30 foizini olayotgan «Barselona» futbolchilarining ish haqlarini yana qisqartirmoqchi bo‘lishdi

Maoshining 30 foizini olayotgan «Barselona» futbolchilarining ish haqlarini yana qisqartirmoqchi bo‘lishdi

Foto: «Vesti.ru»

«Barselona» (Ispaniya) prezidenti Xosep Bartomeu, pandemiya sharoitida klub moliyaviy qiyinchiliklarga ro‘baro‘ kelganini dalillab, o‘yinchilardan maoshlarini yana bir marta qisqartirishga rozilik berishlarini so‘radi.

Futbolchilar bu gal rahbarning iltimosini yerda qoldirishdi: «Yo‘q!». «RAC1» xabariga ko‘ra, o‘tgan uch oyda klub faqat maoshlarning o‘zidan 40 million yevroni tejab qolgan.

Mart oyida katalonlar jamoasi futbolchilari, reklama tushumlarini istisno qilganda, ish haqlarining faqat 30 foizini olib turishga rozilik berishgandi. Shunisiyam borki, o‘shandayam ayrim futbolchilar «bunday himmat»ga tayyor emasliklarini aytishgandi.

Ispaniya chempionati, xuddi aksariyat Yevropa milliy birinchiliklari qatori, koronavirus epidemiyasi oqibatida to‘xtatib qo‘yilgandi. Mavsumga qayta start 11-iyundan berilishi kutilyapti.

«Katta tanaffus» oldidan o‘tkazilgan so‘ngi uchrashuvda «Barselona» o‘z uyida «Real Sosedad»ni yengib (1:0), 58 ochko to‘plagan va turnir jadvali peshqadamiga aylanib olgandi. Bo‘lg‘usi o‘yinda (chempionatga restart berilsa, albatta), barselonaliklarni «Malyorka» o‘z uyida kutmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring