Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur bokschi, ikki karra chempion Jorj Forman vafot etdi

Mashhur bokschi, ikki karra chempion Jorj Forman vafot etdi

Mashhur bokschi va og‘ir vaznda ikki karra chempion Jorj Forman 76 yoshida vafot etdi.

Bu haqda uning oilasi xabar bergan.

Ringda Big Jorj nomi bilan tanilgan Forman 19 yoshida 1968-yilgi Mexiko Olimpiadasida og‘ir vaznda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Keyinchalik u professional boksga o‘tdi va ketma-ket 37 uchrashuvda g‘alaba qozondi. U faoliyatida bor-yo‘g‘i beshta jangda mag‘lub bo‘lgan.

21 yil farq bilan ikki marta og‘ir vazn toifasida jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritgan. U, o‘z navbatida 45 yoshda chempionlikni qo‘lga kiritgan tarixdagi eng keksa chempionga aylangan.

Professional boksdagi faoliyati davomida Forman 76 ta g‘alabani qo‘lga kiritdi (68 tasi nokaut).

Foreman 1997-yilda sportni tark etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring