Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayk Tayson ota yurti qayerdaligini aniqladi

Mayk Tayson ota yurti qayerdaligini aniqladi

Foto: «Complex»

Afsonaviy bokschi Mayk Tayson genetik test topshirdi. U ota-bobolari yurtini aniqlashga urinib ko‘rdi.

«Genealogik DNK-test topshirdim. Aslida Kongodan ekanman. Ha, tomirimda kongolez qoni oqmoqda. O‘zimga qolsa, bu g‘irt bema’nilik», — hazillashdi Temir Mayk.

Tayson professional faoliyatiga 2005-yilda nuqta qo‘ygan, 2020-yil bahorida esa xayriya janglari o‘tkazish uchun ringga qaytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring