Mayk Tayson o‘zidan 24 yosh kichik bokschi bilan jang qilishni xohlamoqda
Boks bo‘yicha og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson britanyalik Entoni Joshuaga qarshi jang o‘tkazishni kutmoqda. Bu haqda «Daily Star» xabar berdi.
54 yoshli veteranning ta’kidlashicha, gap ko‘rgazmali jang haqida ketmoqda. Tayson og‘ir vazn toifasidagi britaniyalik bokschi bilan kurash qiziqarli chiqishiga ishonadi. Tushgan mablag‘ni esa amerikalik sportchi ehson qilishni taklif etmoqda.
Joshua Taysondan 24 yosh kichik. U og‘ir vazn toifasida to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha chempionlik kamarlariga egalik qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter