Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe futbol tarixidagi eng yirik maoshni tanlaydimi yoki «Real»ni?

Mbappe futbol tarixidagi eng yirik maoshni tanlaydimi yoki «Real»ni?

Foto: «Marca»

«Pari Sen-Jermen» rahbariyati Kilian Mbappeni nima qilib bo‘lsa ham olib qolish harakatida: 23 yoshli futbolchiga parijliklar yiliga 100 million yevro maosh taklif qilishdi.

«The Independent» yozishicha, Mbappe shu maoshga rozi bo‘lib, Parijda qolsa, uning shaxsiy kelishuvi futbol tarixida rekordga aylanadi. Ta’kidlanishicha, «Real Madrid» fransuzlarchalik taklif berolmaydi.

Joriy mavsumda «PSJ» tarkibida barcha turnirlarda 34 o‘yin o‘tkazgan Mbappe 24 gol urib, 17 golga assistentlik qildi. Mbappening «Pari Sen-Jermen» bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil yozida nihoyasiga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, 10-mart sanasida (tungi soat 01:00, Toshkent vaqti) YChL 1/8 finali doirasida «PSJ» safarda aynan «Real Madrid»ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazadi. Parijliklar birinchi o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Yagona golni Mbappe urgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring