Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe «Real» bilan shartnoma imzoladi

Mbappe «Real» bilan shartnoma imzoladi

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe «Real» bilan shartnoma imzoladi va Madrid klubi kelasi hafta uning transferini rasman e’lon qiladi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida sport jurnalisti Fabritsio Romano xabar berdi.

Romanoning ta’kidlashicha, Mbappe fevral oyida «Real»ga ketishga qaror qilgan.

Futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylandi – u parijliklar bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgandi.

Mbappe 2017 yildan buyon «PSJ» safida o‘ynab, olti marta Fransiya chempioni, uch marta mamlakat kubogi va Superkubogi hamda ikki marta Fransiya Ligasi kubogini qo‘lga kiritgan.

Ushbu mavsumda «Real Madrid» Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibi, shuningdek, Ispaniya Superkubogi g‘olibiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring