Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe va Saloh — «30 gacha 30»da

Mbappe va Saloh — «30 gacha 30»da

Foto: Ronaldo.com

Jahon futboli yulduzlari Kilian Mbappe («Pari Sen-Jermen») va Muhammad Saloh («Liverpul») «Forbes»ning «30 gacha 30» Yevropa reytingiga kiritildi.

Ushbu ro‘yxatga professional hamjamiyatda sport yo‘nalishida 30 yoshigacha e’tirofga sazovor bo‘lgan 30 kishi kiritilgan.

Joriy mavsumda 23 yoshli Mbappe «PSJ» tarkibida 43 o‘yinda 35 gol urib, 23 ta golli uzatma amalga oshirdi. 29 yoshli Saloh esa «Liverpul» uchun 46 o‘yin o‘tkazib, 30 gol, 15 assist muallifi bo‘ldi.

Mbappe va Saloh qatorida, ro‘yxatda boshqa taniqli sportchilarning ham nomlari keltirilgan: «Yuta» jamoasi basketbolchisi Rudi Gober, «Ferrari» poygachisi Sharl Lekler, tennischilar Emma Radukanu va Iga Shventek, paralimpiyachi-chang‘ichi Dmitriy Suyarko, velosportchi Sharlott Uortington, kibersportchilar Michaela Lintrup va Aleksandr Kostilev, eshkak eshuvchi Bella Kollinz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring