Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappe yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

Mbappe yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini «Real»da davom ettiradi. Fransiyalik futbolchi «Qirollik klubi» bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.

Manbaga ko‘ra, Mbappening «Real» bilan shartnomasi 2024 yilning 1 iyulidan kuchga kiradi. Avvalroq Kilian «PSJ» rahbariyati bilan uchrashib, unga shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangi takliflar kiritmaslikni so‘ragan, chunki u «Real» bilan kelishib bo‘lgan.

Mbappe 2018 yildan beri «PSJ»da o‘ynab kelmoqda. Bu davrda u barcha turnirlarda 290 ta uchrashuvda qatnashib, 243 ta gol va 105 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring