Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mbappening «Real» bilan kelishuvi yo‘q

Mbappening «Real» bilan kelishuvi yo‘q

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyati bilan yarashdi va u chempionatning 2-turidan o‘rin olgan «Tuluza»ga qarshi o‘yin uchun jamoa qaydnomasiga kiritildi.

Ko‘pchilik Mbappening shu yozda «Real» ga o‘tishini yoki 2024 yilning yozida tekinga Madrid klubi safiga qo‘shilishini kutayotgandi. Biroq Le Parisien nashrining yozishicha, fransiyalik futbolchining «Real» bilan hech qanday kelishuvi yo‘q.

Qolaversa, PSJda Kilian bilan shartnomani uzaytirishiga umidlar kuchaymoqda. Mbappe «PSJ»ning transfer bozoridagi faoliyatidan mamnun. Lionel Messi va Neymarning ketishi esa Kilianni muqobil variantsiz jamoaning asosiy yulduziga aylantiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring