Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi 17 yildan beri ilk bor «Oltin to‘p»ga da’vogarlar safiga kirmadi

Messi 17 yildan beri ilk bor «Oltin to‘p»ga da’vogarlar safiga kirmadi

France Football jurnali 1956-yildan beri an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan dunyoning eng yaxshi futbolchisi uchun beriladigan «Oltin to‘p»ga da’vogarlar o‘ntaligini e’lon qildi.

Ro‘yxatga mukofotning amaldagi sohibi argentinalik Lionel Messi kiritilmagan.

2009-yildan beri u nufuzli mukofotni yetti marta qo‘lga kiritdi, ulardan to‘rttasi 2010-2015- yillarda olingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Messi «Barselona»ni tark etib, PSJ safiga qo‘shildi,  u yerda 36 o‘yinda qatnashib, 14 ta gol kiritdi. 

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Messi rekordchi sanaladi. Uning azaliy raqibi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu beshta mukofotga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring