Messi erkin agentga aylandi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi bugun, 1-iyuldan erkin agentga aylandi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi muddati tugadi.
Jamoa o‘z sardori bilan shartnomani uzaytirgani haqida hozircha hech qanday xabar yo‘q.
Lionel Messi 2003-yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. Jamoa bilan birgalikda 10 marotaba Ispaniya chempioni bo‘lgan, to‘rt karra Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Messi o‘tgan mavsum 35 o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol va 11 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
«Barselona» prezidenti Joan Laporta avvalroq bayonot berishicha, Messi jamoada qolish istagida. Faqat bo‘lg‘usi shartnomaning moliyaviy tomonlari kelishib olinsa bas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter