Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Messi FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

«Inter Mayami» klubining argentinalik hujumchisi FIFA talqini bo‘yicha 2023 yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Messi o‘z faoliyatida to‘rtinchi marta ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi, avvalroq 2022, 2019 va 2009 yillarda ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan.

Messi o‘tgan yili «PSJ» bilan Fransiya chempioni bo‘ldi va «Inter Mayami» bilan Ligalar kubogini qo‘lga kiritdi. Oktyabr oyida 36 yoshli argentinalik «Oltin to‘p» sovrinining 8 karra sohibiga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Lionel Messi taqdirlash marosimida bo‘lmagan. Kubok boshlovchi Terri Anriga topshirildi.

Shuningdek, ayrim OAVlar Messi va Xoland bir xil — har biri 48 tadan ovoz olgani haqida yozishmoqda. Bunda reglamentga ko‘ra, hammasini terma jamoa sardorlarining ovozlari soni hal qiladi, Leo esa ulardan ko‘proq ovozga ega chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring