Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi hashamatli qasr sotib olmoqchi (Foto)

Messi hashamatli qasr sotib olmoqchi (Foto)

Foto: «The Sun»

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi avgust oyida Fransiyaga ko‘chib, oilasi bilan uzoq vaqt besh yulduzli mehmonxonada yashaganidan so‘ng, mamlakatda ko‘chmas mulk sotib olish haqida jiddiy bosh qotira boshladi. Afsonaviy futbolchi rafiqasi bilan birga Pink Palace qal’asini 41 million funt sterlingga (56,3 million dollar) sotib olmoqchi, deb xabar beradi The Sun.

1899-yilda qurilgan ajoyib saroyda Fransiya sobiq prezidenti Sharl de Goll 1940-yili Ikkinchi Jahon urushi paytida bir necha kun yashagan. U PSJ o‘quv bazasi yaqinida, Parijning Le Vesine shaharchasida joylashgan. Lionelning rafiqasi Antonella oilaga Barselonadagi uyni eslatadigan ideal uyni izlagan va Pink Palace variantini tanlagan.

Qal’ani sotib olganda uch bolali Messi oilasi 30 xonali ikki ming kvadrat metr maydonga ega bo‘ladi.

Binoda uy kinoteatri, yopiq kort, ajoyib basseyn va sport zali bor. Bundan tashqari, hududda kadrlar uchun joy ham bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring