Messi mavsumdagi ilk golini -15 daraja sovuqda urdi

KONKAKAF Chempionlar ligasi ilk bosqichida safarda «Kanzas-Siti»ga qarshi to‘p surgan «Inter Mayami» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. G‘alaba goli muallifi — argentinalik futbol yulduzi Lionel Messi joriy mavsumdagi birinchi va faoliyatidagi 851-golni kiritdi.
Voqeaning e’tiborga molik yana bir tomoni, «Kanzas-Siti»ga qarshi kechgan ushbu o‘yin payti stadion termometrlari -15° daraja sovuqni ko‘rsatayotgandi.
Javob uchrashuvi 26-fevralda «Inter Mayami» maydonida bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter