Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messi Niderlandiya termasi o‘yinchilarini keskin tanqid qildi

Messi Niderlandiya termasi o‘yinchilarini keskin tanqid qildi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Qatardagi jahon chempionatida Niderlandiyaga qarshi bahs haqida gapirdi. Uning so‘zlarini  L’Equipe nashri keltirmoqda.

«Bir necha kun oldin ular g‘alati bayonotlar berib, bizni yomonlay boshlashdi, xususan, o‘yindan bir kun oldin matbuot anjumanida ham. 

O‘yinda g‘alati vaziyatlar bo‘ldi, ayniqsa, penaltilar seriyasida ba’zi futbolchilar o‘zini insofsizlarcha tutdi. Bu o‘yindan so‘ng ular Argentinani hikoyadagi yovuz qahramonga aylantirmoqchi bo‘lishdi, lekin o‘sha oqshom juda ko‘p yorqin voqealar sodir bo‘ldi...» degan Messi.

Messi hatto o‘yindan so‘ng intervyu berayotganda ham niderlandiyalik o‘yinchi bilan dahanaki tortishuvga borgandi. 

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 chorak final uchrashuvida Argentina terma jamoasi Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring