«Messining so‘zlari menga rag‘bat beradi»
Fransiya terma jamoasi «Real» klubi hujumchisi Karim Benzema argentinalik hamkasbi Lionel Messining so‘zlari unga motivatsiya berishini aytgan.
«Ha, Messi nima deganini eshitdim. Bunday futbolchidan shunaqa so‘zlarni eshitish o‘yinimni yaxshilash uchun menga rag‘bat beradi», degan Benzema.
Eslatib o‘tamiz, Messi 2021-2022 yilgi mavsum natijalariga ko‘ra «Oltin to‘p»ni Karim Benzema olishi kerakligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter