Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mo‘g‘ulistonlik Olimpiya va jahon chempioni 16 yilga qamaldi

Mo‘g‘ulistonlik Olimpiya va jahon chempioni 16 yilga qamaldi

Foto: CentralAsia.media

Mo‘g‘uliston sudi taniqli dzyudochi Tuvshinbayar Naydanni 16 yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Tuvshinbayar Naydan — Olimpiya o‘yinlarining ikki karra sovrindori (2008 yilda oltin medalni qo‘lga kiritgan), sobiq jahon chempioni.

2021-yilning aprelida Naydan xalqaro toifadagi sport ustasi, dzyudochi Enxbatni do‘pposlagan. Jabrlanuvchi sakkiz oy behush yotib, 2021-yilning 25-dekabrida vafot etgan.

Foto: CentralAsia.media

2021-yilning dekabrida hibsga olingan Tuvshinbayar shu paytgacha uy qamog‘ida edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring