JChda Ermatovni haqoratlagan sport sharhlovchisiga hujum qilishdi
Moskvada sport sharhlovchisi va jurnalist Vasiliy Utkinga hujum qilishdi.
Utkinning o‘z «Telegram»-kanalida ma’lum qilishicha, uning yuziga kichik gaz ballonidan suyuqlik sepib, bu holatni videotasvirga ham olishgan.
«Hozirgina yuzimga nimadir sepishdi. Suyuqlik chap ko‘zimga kirdi», - deya qayd etgan sharhlovchi.
Hodisa «Egrisi» futbol jamoasining mashg‘ulotlaridan so‘ng «Loko-Sport» sport majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, jurnalist bu yerda har kuni bo‘lgani sabab uni bu yerdan topish qiyin bo‘lmagan.
Hodisadan so‘ng Utkin o‘z «Twitter»ida uni «qo‘rqitib qo‘yishgan»i va buni kim uyushtirganini bilishini yozib qoldirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter