Joze Mourinio iste’foga chiqarildi
![Joze Mourinio iste’foga chiqarildi](http://static.xabar.uz/crop/1/2/720_460_95_127635986.jpeg)
Italiyaning «Roma» klubi «Milan»dan uchralgan so‘nggi mag‘lubiyatdan so‘ng portugaliyalik murabbiyni iste’foga chiqardi.
Bugun, 16 yanvar kuni «Roma» Joze Mourinio jamoa bosh murabbiyligidan bo‘shatilganini rasman e’lon qildi.
«Roma» hozirda A seriya turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi pog‘onadan 4 ochko, Chempionlar ligasinikidan esa 5 ochko ortda qolmoqda. Ular so‘nggi uch o‘yinda bir ochko olishdi va azaliy raqib — «Latsio» ularni Italiya kubogidan chiqarib yuborishdi.
Klub tez orada yangi murabbiylar shtabi haqida ma’lumot berilishini e’lon qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter