Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Muhammad Salah «Liverpul» tarixidagi eng zo‘r futbolchiga aylandi

Muhammad Salah «Liverpul» tarixidagi eng zo‘r futbolchiga aylandi

Foto: Sport-Ekspress

Misrlik futbol yulduzi Muhammad Salah «Liverpul» tarixida sakkiz mavsumda qatorasiga 20 ta undan ko‘p gol kiritgan ilk o‘yinchiga aylandi.

30-dekabrga o‘tar oqshomda «qizillar» yetakchisi joriy mavsumda barcha turnirlarda kiritgan gollari sonini 20 taga yetkazdi. APL 19-turida «Liverpul» «Vest Hem»ni 5:0 hisobida tor-mor etdi, shu gollardan biri Salahning hisobiga yozildi.

Muhammad Salah Angliya premer-ligasining joriy javsumida 17 ta goli bilan to‘purarlar ro‘yxatini boshqarmoqda, bundan tashqari uning hisobida 13 ta golli uzatma bor.

Izohlar

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring