Muhammad Saloh «Barselona»ga tekinga o‘tadi
«Liverpul»ning misrlik futbolchisi Muhammad Saloh kelgusi yil yozidan faoliyatini Ispaniyaning «Barselona»sida davom ettirmoqchi. Saloh kataloniyaliklar safiga erkin agent sifatida borib qo‘shiladi.
«Mirror» xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi «Barselona» vakillari bilan kelishib olgan, shu bois «Liverpul» bilan shartnomasini uzaytirishni paysalga solyapti. Muhammad Salohning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha tuzilgan.
Salohning hozirgi transfer qiymatini Transfermarkt €100 mln.ga baholagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter