Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Murodjon Ahmadaliyev 14-sentyabr kuni mutlaq chempionlik uchun ringga ko‘tariladi

Murodjon Ahmadaliyev 14-sentyabr kuni mutlaq chempionlik uchun ringga ko‘tariladi

Shu yilning 14-sentyabr kuni professional boksning ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq chempionlik uchun jang o‘tkaziladi.

O‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik chempion Naoya Inoue bilan WBA Interim kamari uchun jang qiladi.

Jang avvaliga Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Keyin, reja o‘zgarib, mezbonlar jangni Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida o‘tkazishga qaror qilishdi.

IG Arena — yangi qurib bitkazilgan inshoot, 17 000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘diradi.

Ma’lumot uchun: Murodjon Ahmadaliyev professional boksda 15 ta jang o‘tkazgan: 14 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat. Naoya Inoue — 30 ta g‘alaba, jahon chempioni.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring