Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda jahon chempionati o‘tkaziladi

Namanganda jahon chempionati o‘tkaziladi

Namangan viloyatida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bergan.

Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov va O‘zbekiston milliy belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov bilan uchrashgan.

Uchrashuvda belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti sovrini uchun jahon chempionati musobaqasini Namangan viloyatida o‘tkazish masalasi muhokama qilingan.

Shuningdek, Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘iga jahon chempionati o‘tadigan joylarni o‘rganish va musobaqa tashkiliy ishlari bo‘yicha bir qator topshiriqlar bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring