Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neymar «Barselona»ga o‘tadimi? Hammasi haqida batafsil

Neymar «Barselona»ga o‘tadimi? Hammasi haqida batafsil

Foto: «Globallookpress.com»

«Barselona» klubi Neymarni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan hamon qaytmagan, ammo «Pari Sen-Jermen»ga futbolchi uchun mutlaqo pul to‘lamoqchi emas. Kataloniyaliklar Braziliya terma jamoasi hujumchisi uchun parijliklarga uch futbolchisini taklif qilmoqda.

«PSJ» rahbariyati «Barselona» safida to‘p surayotgan uch futbolchini tanlab olishi mumkin. Taklif etilganlar orasida hujumchi Usmon Dembele, yarim himoyachi Felipe Koutino, himoyachilar Samyuel Yumtiti va Nelson Semedular bor. Ammo fransuzlar bu transferga rozi emas. Chunki bu futbolchilarning umumiy maoshi Neymarnikidan ancha oshib ketadi.

Iyun oyida «Barselona» Neymar uchun Felipe Koutino va 100 million yevro berishi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shu bilan birga «PSJ»ga «Barselona» safidagi yana bir futbolchini tanlab olish imkoni taqdim etilgandi. Ammo bu kelishuv amalga oshmadi.

«Barselona» Neymar bilan allaqachon kelishib bo‘lgan. Braziliyalik hujumchi Kataloniyaga qaytib borgan taqdirda besh yillik shartnoma imzolaydi va yiliga 24 million yevro maosh oladi. Bu mablag‘ Neymar ayni vaqtda «PSJ»da oladigan maoshdan ancha kam. Braziliyalik hujumchiga Parijda yiliga 37 million yevro to‘lashadi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» yaqinda Antuan Grizmanni «Atletiko»dan sotib oldi. Kataloniyaliklar bu transfer uchun 120 million yevro to‘ladi, ammo savdo amalga oshgunga qadar moliyaviy jihatdan bir qator qiyinchiliklarga uchragani xabar qilingan edi. Agar «PSJ» Neymar uchun faqat pul to‘lanishini talab qilsa, ushbu transfer amalga oshmay qolishi ehtimoli juda katta. Boz ustiga Grizmann sotib olingandan so‘ng Kataloniyada yangi hujumchiga bo‘lgan ehtiyoj ancha pasayib ketdi.

Neymar 2017 yilda aynan «Barselona»dan «PSJ»ga rekord qiymatdagi 222 million yevro evaziga o‘tgan edi. U ikki yil ichida ikki marta Fransiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring