Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov nufuzli musobaqadan kamida qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

Nodirbek Abdusattorov nufuzli musobaqadan kamida qancha ishlab topishi ma’lum bo‘ldi

Kanadaning Toronto shahrida o‘tayotgan Champions Chess Tour-2023 turnirining final roundida yil davomida 6 ta yirik shaxmat musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster qatnashmoqda.

Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralash bahslarida 4-o‘rinni qo‘lgan kiritdi. Chorak finalda esa Fabiano Karuanaga qo‘shimcha bahsda yutqazib qo‘ydi. Ammo unda yana bir imkon bor edi.

Nodirbek o‘tish o‘yinida Hikaru Nakamura bilan kuch sinashdi. Dastlabki 2 ta o‘yinda durang bo‘lgach, Armageddon tay-brek bahsiga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan o‘ynagan Nodirbek g‘alaba qozonishi uchun durang ham kifoya edi. Hamyurtimiz buning uddasidan chiqdi hamda yarim finalga yo‘l oldi.

Yarim finalda hamyurtimiz Uesli So yoki Magnus Karlsen bilan o‘ynaydi. Saralash roundi g‘olibi sifatida Uesli So o‘ziga raqib tanlash huquqiga ega. U yoki Nodirbekni, yoki Karuanani tanlashi mumkin.

Yarim final bahslari bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa g‘olibi 200 ming AQSh dollari, 2-o‘rin esa 100 ming AQSh dollari oladi. Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan ikki nafar shaxmatchiga esa 50 ming AQSh dollari beriladi. Ya’ni Nodirbek allaqachon 50 ming dollarni naqd qilib qo‘ydi. Endi buyog‘iga finalga chiqish va chempion bo‘lish sari harakat qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring