Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada zafar qozondi

Nodirbek Abdusattorov Shvetsiyada zafar qozondi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha «TePe Sigeman 2024» turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

U asosiy davrada Arjun Erigaysi hamda Peter Svidler bilan birgalikda 4,5 ochko to‘pladi. Tay-brekda esa hamyurtimiz har ikki shaxmatchi ustidan g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.

Ayni damda 19 yoshli Nodirbek Abdusattorov ayni damda FIDE reytingida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring