Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Chexiyadagi turnirda birinchi mag‘lubiyatiga uchradi

Nodirbek Chexiyadagi turnirda birinchi mag‘lubiyatiga uchradi

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha «Prague International Chess Festival» turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Dunyoning 10 nafar grossmeysteri qatnashayotgan ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov g‘oliblik uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanadi. Afsuski, hamyurtimiz kecha turnirdagi ilk mag‘lubiyatiga uchradi. U hindistonlik yosh iqtidor egasi Rameshbabu Praggnanandhaga yutqazib qo‘ydi.

Shunga qaramay, 4 ochko jamg‘argan Abdusattorov hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

Bugun Nodirbek qora donalarda germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring