Nokautchi Shohjahonning navbatdagi «o‘ljasi» ma’lum bo‘ldi

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev 10-noyabr kuni o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtimizga bu safargi jangda amerikalik Zak Remsi raqiblik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Zak shu kungacha professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut evaziga). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan (2 ta nokaut).
Shohjahon esa professional boksdagi faoliyati davomida 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 13ta jangda hamyurtimiz muddatidan oldin g‘alaba qozona olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter