Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Novak Jokovich 40-bor “Masters” turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Novak Jokovich 40-bor “Masters” turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Foto: AFP/Christophe Archambault

Bu Jokovichning ushbu mavsumdagi oltinchi, faoliyatida davomidagi to‘qson yettinchi sovrin hisoblanadi.

Jahonning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Fransiya poytaxtida o‘tkazilgan Rolex Paris Masters turnirida g‘olib chiqdi. U finalda bolgariyalik Grigor Dmitrovdan ustun keldi.

Serbiyalik tennischi o‘tgan haftada o‘zini yomon his qilayotganini aytgandi. Biroq bu holat uning navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qila olmadi.

Shu tariqa Jokovich 1 soat 38 daqiqa davom etgan final bahsida dunyo tennischilari reytingida17-o‘rinda borayotgan raqibini ikki setda 6:4, 6:3 hisobida dog‘da qoldirib, Parij turnirining yetti karra chempioniga aylandi.

36 yoshli sportchi uchun bu joriy mavsumdagi 6-sovrin hisoblanadi. U shu paytgacha “Masters” tasnifidagi turnirda 40 marta g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Novak Jokovich faoliyati davomida 97 ta turnirda tengsiz deb topilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring