Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Ro‘ziboyev AQShlik raqibini yer tishlatdi

Nursulton Ro‘ziboyev AQShlik raqibini yer tishlatdi

AQShning Sietl shahrida UFC Fight Night musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Prelim kardning ikkinchi jangida o‘zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro‘ziboyev oktagonga ko‘tarildi.

Unga amerikalik debyutant Erik Makkoniko raqiblik qildi.

O‘rta vazn toifasidagi 3 raundlik jang ikkinchi raundda muddatidan oldin yakuniga yetdi. Hamyurtimiz raqibini ketma-ket zarbalari orqali nokautga uchratdi.

Shunday qilib, Ro‘ziboyev UFC’dagi to‘rtinchi jangida uchinchi g‘alabasini nishonladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring