Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurxon Qurbonova ketma-ket ikkinchi medalni ham qo‘lga kiritdi

Nurxon Qurbonova ketma-ket ikkinchi medalni ham qo‘lga kiritdi

Foto: Olympic.uz

Para-yengil atletika bo‘yicha F54 toifasida ayollar o‘rtasida nayza uloqtirish bahslarida qatnashgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Sportchimiz mazkur mashqda qayd etgan 18.38 metr natijasi unga kumush medalni taqdim qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu sportchimiz yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan edi.

Bu delegatsiyamizning joriy Paralimpiadadagi beshinchi kumush medali bo‘ldi. Shuningdek, hisobimizda 7 ta oltin va 6 ta bronza medallari ham mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring