Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Neymar «Real»ga o‘tishga ko‘ndi

OAV: Neymar «Real»ga o‘tishga ko‘ndi

Foto: «Instagram»

«Pari Sen-Jermen» va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Madridning «Real» klubiga o‘tishga ko‘ndi. «Life» yozishicha, bu haqda «Football Espana» portali «Twitter»dagi rasmiy sahifasi orqali xabar tarqatdi.

Braziliyalik futbolchi uchun ispanlar qariyb 300 million yevro to‘lashga rozi.

Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik bilan kelishuv amalga oshib bo‘lgan: u 2019-yil yozida madridliklar safiga kelib qo‘shilishi kutilmoqda.

«Pari Sen-Jermen» safida Neymar 2017-yildan beri to‘p suryapti, bungacha u qatorasiga to‘rt yil «Barselona» sharafini himoya qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring