O‘FA va PFL rahbariyati ochiq muloqot o‘tkazadi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va professional futbol ligasi rahbarlari ishtirokida 18-aprel kuni «Sport» telekanali orqali ochiq muloqot o‘tkaziladi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, ochiq muloqot «o‘zbek futbol muxlislarining fikr-mulohazalariga quloq solish, ular bilan fikr almashish va futbolimizni rivojlantirish yo‘lidagi takliflarni ko‘rib chiqish, MTJ, olimpiya terma jamoasi, bolalar futboli, superliga va pro-liga, shuningdek, O‘zbekiston kubogi musobaqasini o‘tkazish borasidagi yutuq va kamchiliklarni tahlil etish» maqsadida tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi va «Sport» teleradiokanalining qo‘shma loyihasi bo‘lgan «Sport klub»ning navbatdagi soni millionlar o‘yini — futbolga bag‘ishlanadi.
Muxlislar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni O‘FAning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga yoki quyidagi elektron pochtaga jo‘natishlari mumkin: media@the-uff.com.
Muxlislardan kelgan barcha savollar umumlashtirilib, ochiq muloqot davomida ko‘rib chiqiladi va ushbu savollarga javob berib o‘tiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter