Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 20 ta medalga ega chiqishdi

Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida 20 ta medalga ega chiqishdi

Musobaqaning ortda qolgan kun bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tayotgan Osiyo chempionatida 20 ta medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ostonada og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

“Musobaqaning ortda qolgan kun bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tib, hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallariga ega chiqishdi”, — deyiladi xabarda.

G‘oliblar ro‘yxati:
 
Oltin medal: -88 kg: Munisbek Davletov (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -88 kg: Munisbek Davletov (ikki kurash, o‘smirlar).
 
Kumush medal: -88 kg: Munisbek Davletov (dast ko‘tarish, o‘smirlar), -69 kg: Dilnura Xoldorova (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -69 kg: Dilnura Xoldorova (ikki kurash, o‘smirlar), -88 kg: Bekzod G‘ofurjonov (siltab ko‘tarish, yoshlar), -88 kg: Bekzod G‘ofurjonov (ikki kurash, yoshlar), -94 kg: Ruslan Rahmatjonov (dast ko‘tarish, yoshlar), -94 kg: Ruslan Rahmatjonov (siltab ko‘tarish, yoshlar), -94 kg: Ruslan Rahmatjonov (ikki kurash, yoshlar), -77 kg: Gulshodaxon Dadamirzayeva (dast ko‘tarish, yoshlar), -77 kg: Gulshodaxon Dadamirzayeva (ikki kurash, yoshlar).
 
Bronza medal: -69 kg: Dilnura Xoldorova (dast ko‘tarish, o‘smirlar), -88 kg: Muhammadshokir Turdialiyev (dast ko‘tarish, o‘smirlar), -88 kg: Muhammadshokir Turdialiyev (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -88 kg: Muhammadshokir Turdialiyev (ikki kurash, o‘smirlar), -94 kg: Alisher Osmanov (dast ko‘tarish, o‘smirlar), -77 kg: Gulshodaxon Dadamirzayeva (siltab ko‘tarish, yoshlar), -77 kg: Amina Sharipova (siltab ko‘tarish, o‘smirlar), -77 kg: Amina Sharipova (ikki kurash, o‘smirlar).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring