Oksana Chusovitina Melburnda shohsupaga ko‘tarildi (video)
Avstraliyaning Melburn shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada sayyoramizning yetakchi gimnastlari sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, bugun ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash bahslarida final bellashuvlari tashkil etildi.
O‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina hal qiluvchi chiqishda 14,200 natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu borada birinchi o‘rinni Janubiy Koreya vakilasi Seo Jeong Yeo (14,266 ochko) egallagan bo‘lsa, xitoylik Linmin Yu (14,083) kuchli uchlikka yakun yasadi.
Chusovitina bu orqali qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi.
Oksana ijro etgan mashqni quyida tomosha qilishingiz mumkin:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter