Olga Zabelinskaya O‘zbekiston termasiga oltin medal taqdim etdi
Velosportning Shveysariyada bo‘lib o‘tgan «Track Cycling Challenge» Xalqaro turnirida sportchimiz guruh poygalarida 48 ochko to‘plab faxrli 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda O‘zbekiston velosport federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
2-o‘rinni 46 ochko bilan Irlandiyalik «Lydia Boylan» egallagan bo‘lsa, 3-o‘rin esa 44 ochko to‘plagan Italiyalik «Elena Ceecchini»ga nasib etdi.
Eslatib o‘tamiz joriy yilning kuz oylarida Olga Zabelinskaya Fransiyada bo‘lib o‘tgan «Chronodes Nations» Xalqaro turnirida barcha raqiblarini ortda qoldirib, O‘zbekiston uchun birinchi Oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Sportchimizning Xalqaro musobaqalardagi reyting ochkolari 2020-yili Tokioda (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan 32- yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun jamg‘arilib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter