Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada chempionlariga Tahoe va 4 sotixli hovli berildi

Olimpiada chempionlariga Tahoe va 4 sotixli hovli berildi

Foto: «Xushnudbek.uz»

Toshkentda Tokio-2020 sovrindorlari va ishtirokchilarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Aeroportdagi qutlovlardan keyin sportchilar Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon yo‘l olishdi. U yerda Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari topshirildi.

Tokio Olimpiya o‘yinlari oltin medal egalariga Chevrolet Tahoe avtomobili va 4 sotixli 3 xonali hovli kalitlari topshirildi. Bronza medaliga ega chiqqanlarga esa Chevrolet Trailblazer va 2 xonali uy berildi.

Eslatib o‘tamiz, Olimpiadadan avval oltin medal egalariga 200 ming AQSh dollari, bronzaga ega chiqqanlarga esa 50 ming dollar pul mukofoti berilishi ma’lum qilingandi.

Tokio Olimpiadasida taekvondochi Ulug‘bek Rashidov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va bokschi Bahodir Jalolov oltin, dzyudodan Davlat Bobonov hamda erkin kurashdan Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo‘lga kiritishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring