Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston nechanchi bo‘lib bayroq ko‘tarib o‘tadi?

Olimpiada ochilish marosimida O‘zbekiston nechanchi bo‘lib bayroq ko‘tarib o‘tadi?

Foto: «Google.com»

Shu yilning 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida XXIII qishki olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladi.

9 fevral kuni musobaqaning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi Avstriya va Rossiya delegatsiyasidan keyin 56-bo‘lib mamlakat bayrog‘ini ko‘tarib o‘tadi.

Musobaqa ochilishida ushbu marosimni, an’anaga ko‘ra, Gretsiya delegatsiyasi boshlab beradi. Uyog‘iga esa ro‘yxat koreyscha alfavit asosida davom ettiriladi.

Olimpiadada ikki nafar sportchimiz — Misha Ge (figurali uchish) va Komil To‘xtayev (tog‘ chang‘isi) bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Bugun ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining taklifiga asosan, «UZREPORT TV» telekanali ushbu musobaqaning eksklyuziv translyasiya huquqini rasman sotib olgan.

Musobaqaning ochilish marosimi 9 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring