Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimpiada chempioni Useyn Bolt hisob raqamidan bir necha million dollar yo‘qoldi

Olimpiada chempioni Useyn Bolt hisob raqamidan bir necha million dollar yo‘qoldi

Foto: «trend.az»

Sakkiz karra olimpiya chempioni Useyn Bolt Yamaykaning Stocks and Securities Limited investitsiya kompaniyasidagi hisob raqamidan bir necha million dollarni yo‘qotdi. Bu haqda payshanba kuni sportchining menejeri Nugent Uoker «Gleaner» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Bolt o‘z hisoblari o‘rtasidagi tafovutni chorshanba kuni bilib qoldi, dedi Uoker. «Vaziyatni o‘nglash uchun barcha tegishli choralar ko‘rildi», — dedi sportchining menejeri va Olimpiya chempioniga yetkazilgan zarar miqdorini aniq ayta olmasligini bildirdi.

«Gleaner» nashriga ko‘ra, bu ishlarning ortida ko‘plab firibgarliklarda ayblanayotgan Stocks and Securities Limited kompaniyasining sobiq xodimi turgan bo‘lishi mumkin.

Bolt 8 karra Olimpiya chempioni va 11 karra jahon chempioni hisoblanadi. U ketma-ket uchta Olimpiadada (Pekin, London va Rio-de-Janeyro) 100 m va 200 m masofaga yugurishda g‘olib chiqqan yagona sportchi bo‘lib, 100 m (9,58 soniya) va 200 m (19,19) bo‘yicha amaldagi jahon rekordlariga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring