«Oltin butsa» kimniki?
![«Oltin butsa» kimniki?](http://static.xabar.uz/crop/2/0/720_460_95_2035959636.jpg)
Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Robert Levandovski qatorasiga ikkinchi marta Yevropa chempionatlari futbolchilari orasida eng yaxshi to‘purarga aylandi.
Joriy mavsum yakunlari bo‘yicha Levandovski Germaniya chempionati — Bundesligada 35 ta gol kiritdi.
Ikkinchi o‘rinda — «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe (28 ta gol).
Uchinchi o‘rinda — Karim Benzema («Real») va Chiro Immobile («Latsio»), har ikkisi raqiblari darvozasiga 27 tadan gol urgan.
Levandovski o‘tgan yili ham «Oltin butsa»ni o‘ziniki qilgandi.
«Oltin butsa»ni olish bo‘yicha mutlaq rekordchi — Lionel Messi (6 marta). Uning ta’qibchisi — Krishtianu Ronaldu (4 marta).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter