Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“Oltin to‘p–2025” nomzodlari va ko‘rish vaqti e’lon qilindi

“Oltin to‘p–2025” nomzodlari va ko‘rish vaqti e’lon qilindi

2025 yilgi “Oltin to‘p” (Ballon d’Or) marosimi 22 sentyabr, dushanba kuni Parijdagi Théâtre du Châtelet sahnasida bo‘lib o‘tadi. Tantana markaziy Yevropa vaqti bilan 20:00 da boshlanadi — Toshkent vaqti bilan 23:00. O‘zbekistonda marosimni rasman Okko platformasi orqali tomosha qilish mumkin.

UEFA va Groupe Amaury hamkorligida “Oltin to‘p” (erkaklar va ayollar), Yashin mukofoti (darvozabonlar), Kopa mukofoti (U21 futbolchilar), Yoxan Kroyff mukofoti (murabbiylar), “Yil klubi” kabi mukofotlar topshiriladi.

Erkaklar uchun “Oltin to‘p” — 30 nomzod:

Bellingem, Dembele, Donnarumma, Due, Dumfris, Girassi, Gyokeresh, Xoland, Hakimi, Keyin, Kvaratsxeliya, Levandovski, Mak Allister, Lautaro Martines, Mbappe, Maktominay, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Oliz, Koul Palmer, Pedri, Rafinya, Rays, Fabian Ruis, Salax, van Deyk, Vinisius Junior, Vitinya, Virs, Lamine Yamal

Ayollar uchun “Oltin to‘p” — 30 nomzod:

Baltimor, Banda, Bonmati, Bronz, Byul, Kaldentey, Kantore, Ketli, Chavinga, Dumornay, Foks, Djirelli, Ester Gonsales, Grem Xansen, Gixarro, Guterres, Xempton, Xarder, Xips, Xloye Kelli, Muunum, Marta, Matyo, Payor, Pina, Putelyas, Russo, Ryutting Kaneryud, Uir, Uilyamson

“Kopa” mukofoti (U21 — erkaklar, 10 nomzod):

Buaddi, Kubarsi, Due, Estevan, Hyoysen, Lyuis-Skelli, Rodrigu Mora, Joau Nevesh, Lamine Yamal, Kenan Ildiz

“Kopa” mukofoti (U21 — ayollar, 5 nomzod):

Adjemang, Linda Kaysedo, Vike Kapteyn, Viki Lopes, Klaudiya Martines Ovando

“Yashin” mukofoti (darvozabonlar, erkaklar — 10):

Alisson, Bunu, Shevale, Kurtua, Donnarumma, Martines, Oblak, Rayya, Sels, Zommer

“Yashin” mukofoti (ayollar — 5):

Berger, Kata Koll, Xempton, Nnadoziye, van Domselar

Yil murabbiylari (erkaklar — 5):

Konte, Enrike, Flik, Mareska, Slot

Yil murabbiylari (ayollar — 5):

Bompastor, Elias, Madugu, Slegens, Vigman

“Yil klubi” — erkaklar:

Barselona, Botafogo, Chelsi, Liverpul, PSJ

“Yil klubi” — ayollar:

Arsenal, Barselona, Chelsi, Lion, Orlando Prayd

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring