Osiyo chempionati: O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi finalda

Bangladesh poytaxti Dakka shahrida amputantlar futboli bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ilk bor tashkil etilayotgan ushbu qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib bordi.
O‘zbekistonlik futbolchilar musobaqaning ilk turida Indoneziyaga qarshi maydonga tushib, 8:1 hisobida, ikkinchi turda Nepal jamoasiga qarshi o‘yinda esa 13:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘zbekiston terma jamoasi 3-tur bahsi doirasida mezbon sportchilar, Bangladesh termasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa guruhda 9 ochko jamg‘argan O‘zbekiston amputantlar jamoasi chempionat yarim finalini naqd qildi va ushbu bosqichda iroqlik sportchilarni 3:0 hisobda mag‘lub etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter