Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo Chempionlar ligasida to‘rt klubimiz qatnashadi

Osiyo Chempionlar ligasida to‘rt klubimiz qatnashadi

Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi (OChL)ning 2023/2024 yilgi mavsumi guruh bosqichida O‘zbekistondan to‘rt jamoa — «Paxtakor», «Nasaf», «Navbahor» va OKMK ishtirok etadigan bo‘ldi.

Kecha, 22 avgust kuni OChL saralashining pley-off bosqichi uchrashuvlarida O‘zbekistonning ikki jamoasi — «Navbahor» va OKMK Qatarda «Al-Vakra» va «Al-Arabi» jamoalariga qarshi maydonga chiqdi. Har ikkala o‘yinda klublarimiz 1:0 hisobidagi g‘alaba qozonishdi va OChL guruh bahslariga yo‘l olishdi.

Osiyoning eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichiga «Paxtakor» O‘zbekiston chempioni, «Nasaf» esa O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida yo‘l olgandi.

OChL guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 24 avgust, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 13:00 da Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari 18 sentyabr — 13 dekabr sanalari oralig‘ida uy-safar tizimida o‘tkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring