Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tailandga qarshi tarkibida o‘zgarishlar bor

Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tailandga qarshi tarkibida o‘zgarishlar bor

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 16.30da O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda o‘tkazilayotgan Osiyo Kubogining nimchorak final bahsida Tailandga qarshi maydonga tushadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets tomonidan nimchorak final bahsida maydonga tushadigan asosiy tarkib futbolchilari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra tarkibda bir qator o‘zgarishlar qilingan.

Xususan, tumov kasalligiga chalingani tufayli Otabek Shukurov maydonga tusha olmaydi va uning o‘rniga yosh yarim himoyachi Diyorbek Xolmatov asosiy tarkibga kiritilgan. Shuningdek avvalgi uchrashuvlarda asosan zaxiradan maydonga tushirilgan Aziz Turg‘unboyev ham ilk daqiqalardan uchrashuvni boshlaydi.

Darvozabon: O‘tkir Yusupov
Himoyachilar: Rustam Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Farrux Sayfiyev
Yarim himoyachilar: Diyorbek Xolmatov, Odil Hamrobekov, Aziz Turg‘unboyev, Jaloliddin Masharipov, Oston O‘runov
Hujumchi: Abbosbek Fayzullayev

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring