Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osiyo o‘yinlari. Kurashchilarimizda yana bitta oltin va ikkita bronza!

Osiyo o‘yinlari. Kurashchilarimizda yana bitta oltin va ikkita bronza!

Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bahslari terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni keltirdi.

Bugungi bahslarda yurtimiz sharafini -81 kg vazn toifasida Muso Sobirov va Sarvar Shomurodovlar himoya qilishdi. Afsuski, ular kutilgan natijani qayd eta olishmadi.

Dastlab, Muso Sobirov chorak finalda eronlik sportchiga yutqazdi va medalsiz qoldi.

Sarvar Shomurodov esa yarim finalda eronlik Ilyos Ali Akbariga mag‘lub bo‘ldi va bronza medaliga ega chiqdi.

-63 kg vazn toifasida kurash olib borgan ayollarimiz esa ajoyib natija ko‘rsatishdi. Ayniqsa, Dildor Shermetova finalga qadar yetib kelib, mo‘g‘ulistonlik Basanyargal Bayarbatga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Ushbu vazn toifasida yana bir vakilimiz Muxlisa Abdumalikova bronza medali sohibi bo‘ldi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik kurashchilar Osiyo o‘yinlarida yana 3 medalga ega chiqishdi.

Ushbu g‘alabalardan so‘ng, O‘zbekiston hisobidagi medallar soni 42taga yetdi (11 ta oltin, 15 ta kumush, 16 ta bronza) va Hindistonni ham quvib o‘tib, umumjamoa reytingida 8-o‘ringa ko‘tarilib oldik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring