Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oston O‘runov koronavirusga chalindi. Tuzalgach «Spartak»ka o‘tadi

Oston O‘runov koronavirusga chalindi. Tuzalgach «Spartak»ka o‘tadi

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov yaqin vaqtlar ichida «UFA»dan «Spartak» klubiga o‘tadi.

Xabar qilinishicha, ayni vaqtda transfer amalga oshishi uchun Oston O‘runov koronavirusdan tuzalishi kutilmoqda. «Spartak» rahbariyati yarim himoyachi sog‘aygani hamono uni 2 million yevroga sotib olishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Moskvaning yana bir klubi — SSKA ham Oston O‘runov uchun 2 million yevro taklif etgani xabar qilingan edi. Ammo «Spartak» bosh direktori Shamil Gazizov avval «Ufa»da ishlagani uchun Oston O‘runovni qo‘lga kiritishda yaxshiroq imkoniyatga ega ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oston O‘rinov 2020 yilning fevral oyida Toshkentning «Lokomotiv» klubidan «Ufa»ga o‘tgan edi. Ufaliklar Oston uchun 200 ming yevro to‘lagan. 19 yoshli yarim himoyachi o‘tgan vaqt ichida Rossiya chempionatida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring