Otabek Shukurov Chiroqchidagi kam ta’minlangan oilalar uchun 100 million so‘m ajratdi
Ayni damda butun dunyo bo‘ylab tarqalib borayotgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga o‘zining saxovatli ishi bilan Otabek Shukurov ham qo‘shildi.
O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Sharja» klubi a’zosi Otabek Shukurov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanidagi kam ta’minlangan oilalarga yordam qo‘lini cho‘zishga bel bog‘ladi. Bu haqda «Championat.asia» portali xabar berdi.
Chiroqchi tumanidagi mahallalarda istiqomat qiladigan va karantin davrida ishsiz qolgan muhtojlarga Otabek Shukurov beg‘araz yordam qo‘lini uzatmoqchi. Bugun futbolchi Chiroqchi bozoridan kunlik ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan 100 million so‘mga yaqin mahsulotlarni (kartoshka, go‘sht, piyoz, un-yog‘ va hokazo) xarid qilgan va ertaga uni muhtoj oilalarga tarqatishni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter