Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ovechkin Gretskining yana bir rekordini yangiladi

Ovechkin Gretskining yana bir rekordini yangiladi

Foto: Geoff Burke-Imagn Images/Reuters

NHL muntazam chempionati navbatdagi turida «Vashington Kepitalz» »Karolina Harrikeynz»dan ustun keldi (5:4).

Ushbu o‘yinda «poytaxtliklar»ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Ovechkin ham muzga tushdi. Bu «Kepitalz»ning 39 yoshli sardori uchun ligadagi 1488-o‘yin bo‘ldi va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha kanadalik xokkey afsonasi Ueyn Gretski (1487)ni ortda qoldirdi.

Ovechkin 1488-o‘yinida golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 6-aprel kuni Nyu-Yorkdagi «UBS Arena»da Ovechkin NHL muntazam chempionatlaridagi o‘zining 895-shaybasini kiritdi. Shu tariqa u Ueyn Gretski 1999 yil 29 martda o‘rnatgan rekord (894)ni yangilab, NHL tarixidagi eng yaxshi snayperga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring