Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oxirgi yigirma yilning «eng quruq» darvozabonlari aniqlandi

Oxirgi yigirma yilning «eng quruq» darvozabonlari aniqlandi

Foto: «Novosti sporta»

«Give Me Sport» saytida 2000-yildan beri eng ko‘p «quruq o‘yin» o‘tkazgan, ya’ni eng ko‘p o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan futbol darvozabonlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, oxirgi 20 yilda darvozasi daxlsizligini eng ko‘p saqlab qolgan darvozabon Iker Kasilyas hisoblanadi. «Real Madrid» va Ispaniya terma jamoasi sobiq posboni 439 ta o‘yinda darvozasidan bittayam to‘p olib chiqmagan. Ikkinchi o‘rinda — italiyalik Janluiji Buffon (420), uchinchi o‘rinda — Petr Chex (391).

TOP-10

  1. Iker Kasilyas (Ispaniya) — 439;
  2. Janluiji Buffon (Italiya) — 420;
  3. Petr Chex (Chexiya) — 391;
  4. Pepe Reyna (Ispaniya) — 343;
  5. Manuel Noyer (Germaniya) — 327;
  6. Igor Akinfeyev (Rossiya) — 316;
  7. Andrey Pyatov (Ukraina) — 269;
  8. Edvin van der Sar (Niderlandiya) — 266;
  9. Viktor Valdes (Ispaniya) — 260;
  10. Mikael Landro (Fransiya) — 253.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring