O‘zbek bokschisi 5 oyda to‘qqizta nokaut qayd etdi

Professional boskchimiz Otabek Xolmatov navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Sirdaryolik charm qo‘lqop ustasining prof boksdagi to‘qqizinchi jangi Dominikan Respublikasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda hamyurtimizga mezbon bokschi Adrian Morel Solis (4-1-0) raqiblik qildi. Unda Xolmatov texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Ta’kidlash joiz, bokschimiz prof boksda debyut qilganiga atigi 5 oy bo‘ldi. Otabek qisqa muddat ichida 9 ta jang o‘tkazdi va ularning barchasini nokaut bilan yakunladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter